05:24 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
874 0 0

Badiiy film tomosha qilish - nafaqat boʻsh vaqtni qiziqarli oʻtkazish, balkim ayrim sohalarda chuqurroq bilim olish, tarixiy voqealarni oʻrganish yoki ilmiy nazariyalarga asoslangan fantastik asarlar bilan tanishishning eng oson yoʻli boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 25 mar - Sputnik. Koronavirus epidemiyasi paydo boʻlishi bilanoq odamlarda turli virus va epidemiyalarga bagʻishlangan filmlarga nisbatan ham katta qiziqish paydo boʻldi desak xato boʻlmaydi. Jahon kinematografiyasida virus kasalliklar haqida filmlar koʻp boʻlsada, asosiy mavzusi aynan virus tarqalishi yoki epidemiya boʻlgan filmlar unchalik koʻp emas ekan.

Shtamm Andromeda (The Andromeda Strain)

Film Shtamm Andromedы

1971 yilda AQShda suratga olingan ushbu film oʻzga sayyoradan Yer yuziga kelib qolgan mikrob haqida soʻz yuritiladi. Unda olimlar va harbiylar Yer yuziga kelib qolgan oʻzga sayyoralik virusga qarsh kurash olib borishadi.

Epidemiya (Outbreak)

Film "Epidemiya"

AQSH kinosonoati gullab-yashnagan 1995 yila suratga olingan ushbu film yuqumli kasalliklar haqida suratga olingan eng yorqin taʼsirli filmlardan biri desak mubolagʻa boʻlmaydi. Dastin Xoffman, Morgan Friman hamda Kevin Speysi kabi yulduzlar ushbu filmni yanada qiziqarliroq qilishgan.

Lixoradka (Cabin Fever)

Film "Lixoradka"

Etni junjiktiruvchi “Qoʻrqinchli film” uslubida suratga olingan ushbu filmda bir guruh yoshlar oʻrmondagi uychaga dam olishga borishadi. U yerda ular zombilar oʻrnida oʻta xavfli virusga duch kelishadi. 2003 yil Gollivud.

Tashuvchilar (Carriers)

Film "Nositeli"

2008 yilda suratga olingan bu film ham qoʻrqinchli sahnalarga boydir. Tirik qolishga harakat qilayotgan qahramonlar ogʻir virusdan “oʻlib borayotgan Amerikani” u boshidan bu boshigacha avtomobilda kesib oʻtishadi.

Koʻz ojizligi (Blindness)

Film "Slepota"

2008 yilda Kanada, Braziliya va Yaponiya kinoijodkorlari ishtirokida suratga olingan ushbu filmda virus odamlarni oʻldirmaydi, lekin ularning koʻzini ojiz qiladi. Buning oqibatida esa odamlar yovvoyilashib bir biriga tajovuz qila boshlaydi, insoniyat tsivilizatsiyasining oxiri juda yaqindek tuyuladi.

Pandemiya 

Film "Pandemiya"

2009 yilda Yaponiyada suratga olingan ushbu filmda kasalxonalarda birida yangi oʻta xavfli virus paydo boʻladi. Olimlar uni davolash uchun dori izlashga tushganda atrofdagilar birin ketin qirib keta boshlaydi.

Yuqumli kasallik (Contagion)

Film "Zarajeniye"

2011 yilda AQShda suratga olingan rejisser Stiven Soderbergning ushbu filmi “Epidemiya” filmi kabi viruslar haqidagi filmlarning zamonaviy klassikasi hisoblanadi.

Unda qandaydir qimmat byudjetli “chiroyli va taʼsirli” sahnalar boʻlmasada, ilmiy maʼlumot va viruslar haqida realistik tushuncha beriladi. Film butun insoniyatga xavf solayotgan virusni toʻxtatish uchun olimlar olib borayotgan mehnati haqida.

Aktyorlar ham biri biridan yaxshi: Mett Deymon, Lorens Fishbyorn, Djud Lou, Keyt Uinslet, Marion Kotiyyar, Gvinet Peltrou.

Epidemiya (Los últimos días)

Film "Epidemiya"

2013 yilda  suratga olingan ushbu film bugungi kun real voyealariga oʻxshash. 

Unda odamlar yuqtirib olgan psixiologik kasallik tufayli uyidan koʻchaga chiqa olmaydi. Film insoniyat ushbu oʻziga xos “apokalipsis”dan  qanday qutilishi mumkinligi haqida. Film voqealari xarobaga aylangan Barselona shahrida boʻlib oʻtadi.

Virus (Gamgi)

Film "Virus"

2013 yilda suratga olingan ushbu kartinada Janubiy Koreyaliklar tasavvurida apokalipsis qanday koʻrinishga ega ekanini koʻrish mumkin. Ushbu kino “qoʻrqinchili” emas koʻproq sarguzasht film janriga oʻxshaydi.

Kinopoisk va Maksim materiallari asosida tayyorlandi. 

Asosiy mavzular