O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 60 kishiga yetdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishObsledovanie na koronavirus
Obsledovanie na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni yana bir kishiga oshib - 60 nafarni tashkil qildi. So‘nggi holat Istanbuldan qaytib kelgan fuqaroda qayd etilgan.

TOShKENT, 26 mar - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 60 kishiga yetdi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligiga asosan telegramdagi Koronavirus info kanali xabar qilmoqda. 

"Ushbu infeksiya Istanbulda bo‘lib qaytgan namanganlik fuqaroda aniqlangan. Ayni paytda u Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda", — deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda birinchi koronavirus holati 14-mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan edi. Shundan so‘ng Istanbudan kelgan yana bir necha kishida ham koronavirus topildi. Ayni damda barcha maktab va oliygohlardja ta’til e’lon qilingan. Toshkent shahri 24-martdan boshlab to‘liq karantinga yopilgan. 25-martdan boshlab O‘zbekistonda barchaga maska taqib yurish majburiy deb belgilangan. 

Yangiliklar lentasi
0