O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi

Obuna bo‘lish
26 mart kuni Toshkent vaqti bilan 09:44 O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila ayrim viloyatlarda 4 ballni tashkil etdi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

26 mart kuni Toshkent vaqti bilan 09:44 O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida zilzila sodir bo‘ldi. Koordinatalar 40,74 gradus shimoliy kenglik, 70,5 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik h=10 km. Toshkentgacha masofa 122,51 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

Toshkent : 123 km, 4 ball.
Namangan : 103 km, 4 ball.
Andijon : 155 km, 3 ball.
Farg‘ona : 115 km, 4 ball.
Guliston : 147 km, 4 ball.
Jizzax : 235 km, 3 ball.
Samarqand : 324 km, 2 ball.
Buxoro : 526 km, 2 ball.
Termiz : 480 km, 2 ball.
Qarshi : 453 km, 2 ball.
Navoiy : 440 km, 2 ball.

 

Yangiliklar lentasi
0