Toshkent shahar bosh imom-xatibi epidemik vaziyatda musulmonlarni sabr qilishga chorladi

© Sputnik / Maksim BogodvidPrazdnovanie Kurban-Bayrama v gorodax Rossii
Prazdnovanie Kurban-Bayrama v gorodax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar bosh imom-xatibi musulmonlarni koronavirus bilan bog‘liq qiyin vaziyatda haqiqiy sabr qilishga chorladi va xurofotga, bid’atga berilmaslik haqida nasihat qildi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Toshkent shahar bosh imom-xatibi epidemik vaziyatda musulmonlarni sabr qilishga chorladi va ayni damda tadbir-marosimlarda to‘planmoqchi bo‘ladiganlar yuzasidan munosabat bildirdi.

Xalqaro pres-klubda COVID-19 virusi muammosi, tahlili va yechimiga bag‘ishlangan muloqot dasturi tayyorlandi.

Unda koronavirusga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar davrida musulmonlar uchun masjidlarning yopilgani, hatto necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan muqaddas Ka’baning vaqtinchalik berkitilgani o‘ziga yarasha ramziy ma’noga ega ekanligi, musulmonlar undan qanday xulosa chiqarishlari lozimligi haqidagi savol o‘rtaga tashlandi.

Na musulmanskom kladbishe v Dushanbe. - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya vaqtida janoza namozlari ixcham tarzda o‘tkaziladi

Dasturda ishtirok etgan Toshkent shahar bosh imom-xatibi Nuriddin Xoliqnazarovning savol yuzasidan fikr bildirishicha, ayni paytda musulmonlar xurofotga berilmagan holda haqiqiy sabr qilishlari maqsadga muvofiqdir.

- Haqiqiy sabr shunday sabrki, kulfat boshga tushgan zahoti sabr qilishdir. Bir necha kun o‘tgandan keyin ko‘nikib qolish bo‘ladi, sabr bo‘lmaydi, – deya ta’kidlaydi imom-xatib savol yuzasidan.

Uning fikricha, Madina-yu Munavaraning musulmonlar uchun berkitilishi  butun insoniyatni yanada o‘y fikrga, Ollohning oldidagi majburiyatlarini o‘ylashga undaydi.

Shuningdek, o‘zbek xalqining boshiga juayam ko‘p sinovlar tushgan, lekin bu xalq har qanday sinovni yengib o‘tgan xalq. Kutilmagan virusning tarqalishi, hozirgi kunda karantin deya e’lon qilinishi xalqni birlashishga chaqiradi, tarqalishga emas.

- Butun dunyo ulamolari ibodatni vaqtinchalik uyda qilinglar deb tursa, 4-5 ta odam turli bid’atu xurofotga berilgan holatda to‘planib, biron bir marosim, xursandchilik o‘tkazishlik, jamoatga to‘planishlik bu tamomila aqlsizlik... Chunki mo‘min musulmon odam to‘g‘ri xulosa qiladigan zakovatli bo‘lishi kerak. Bunaqa paytda turli fikrlar bildirib, hamma har tomonga tortish kerakmas, balki birlashishimiz kerak. Faqat birlashish va bir birimiz bilan ahil bo‘lish orqaligini buni yengib o‘tamiz, – deya ta’kidlaydi imom-xatib Nuriddin Xoliqnazarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi koronavirus tarqalishining oldini olish yuzasidan respublika musulmonlarga murojaat va chaqiriq bilan chiqqan edi. Unda epidemiologik vaziyat barqarorlashgungacha juma namozlari o‘rniga uyda peshin namozini o‘qish, shuningdek, besh vaqt namozlarni ham uyda ado etish so‘ralgan. Bundan tashqari, janoza namozlari vafot etganning yaqin qarindoshlari ishtirokida xonadonlarda o‘qilishi so‘ralgan.

Yangiliklar lentasi
0