05:39 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
486 0 0

Moskvada koronavirus kasalligi yengil kechayotgan bemorlarga uyida davolanishga ruxsat berildi - Moskva sogʻliqni saqlash departamentining maxsu buyrugʻi.

TOSHKENT, 26 mar – Sputnik. Moskva sogʻliqni saqlash departamenti koronavirusga chalingan bemorlarga uyida davolanishga ruxsat berdi. Bu haqida Mosgorzdravning  maxsus buyrugʻi eʼlon qilindi.

Agar kasallik jarayoni yengil kechayotgan boʻlsa, bemorda uni ogʻirlashtiriuvchi boshqa surunkali kasalliklar boʻlmasa koronavirusdan uyida davolanish mumkin. Faqat yoshi 65 dan yuqori boʻlgan, homilador yoki surunkali kasalliklarga ega boʻlgan hamda kasallik ogʻir kechayotgan bemorlar – yuqumli kasalliklar shifonasiga yotqiziladi, - deyilgan Mosgorzdrav buyrugʻida.

Koronavirusdan uyida davolanayotgan bemorlarga quyidagi dorilar tavsiya qilingan: lopinavir va ritonavir, koʻp suyuqlik ichish, tana harorati oshganda – paratsetamol ichish tavsiya qilingan, deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga koʻra 48 soat ichida ikki marotaba olingan testlar salbiy natija koʻrsatganda – bemor tuzalib ketgan hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Moskvada koronavirusga chalinganlar soni 290 kishini tashkil qilmoqda. Ikki nafar bemor ushbu kasallikdan vafot etgan. Ular 88 va 73 yoshli, surunkali pnevmoni kasalligiga chalingan bemorlar boʻlgan.

Asosiy mavzular