07:14 11 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (955)
699 0 0

Ushbu infektsiya Saudiya Arabistonida Umra safarida boʻlib qaytgan fargʻonalik bemorning turmush oʻrtogʻi, ikki nafar farzandi va kelinida aniqlangan.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni yana beshtaga oshdi. Hozirda ularning bemorlarning soni 65 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Ushbu infektsiya Saudiya Arabistonida Umra safarida boʻlib qaytgan fargʻonalik bemorning turmush oʻrtogʻi, ikki nafar farzandi va kelinida aniqlangan. Ular ayni vaqtda Fargʻonadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Yana bir bemor Toshkent viloyatidan boʻlib, ayni paytda u Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq vazirlik Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar orasida mamlakatning turli hududlaridan boʻlgan fuqarolar borligini maʼlum qilgan edi.  Shuningdek, bemorlarning 2 nafari Fargʻona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ulardan biri Saudiya Arabistonida Umra safarida boʻlib qaytgach, unda koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Barcha bemorlar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga koʻra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (955)

Asosiy mavzular