Yaqinlaringiz uchun uyda qoling! - MIA Rossiya segodnya

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishZdanie MIA "Rossiya segodnya" na Zubovskom bulvare v Moskve.
Zdanie MIA Rossiya segodnya na Zubovskom bulvare v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun “Rossiya segodnya” mediaguruhining barcha xalqaro loyihalari logotiplarida uy shakli paydo bo‘ladi.

TOShKENT, 26 MAR - Sputnik. Bugungi pandemiya sharoitida shaxsiy gigiyena va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish kabi eng oddiy choralar – juda samarali ehtiyot choralari bo‘lishi mumkin. Shuning uchun biz uyda qolib ko‘p kishining hayotini saqlab qolishimiz mumkin. RIA Novosti va Sputnik tahririyatining butun dunyoda joylashgan yangiliklar xizmatlari birin-ketin masofadan turib ishlashga o‘tmoqda. Ular 24 soat davomida o‘z o‘quvchilarini eng dolzarb va ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlashmoqda.   

O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish – bu biz va yaqinlarimizni virus tarqalishidan saqlab qolishga qaratilgan to‘g‘ri va xavfsiz choradir. Bugun bizning logotipimizda paydo bo‘ladigan uy shakli buning timsolidir. Bugun ushbu shakl ria.ru, yaqin va uzoq mamlakatlarda joylashgan Sputnik agentligi hamda Sputnik radiosi saytlarda va ijtimoiy tarmoqlarida paydo bo‘ladi.  

Bu – har doimga emas. Bu bizning virus tarqalishi qarshi bo‘lgan chaqirig‘imiz va har bir fuqaroning o‘z fuqarolik burchini ado etishga qaratilgan javobidir. Uyda qoling, biz esa sizga so‘nggi ma’lumotlarni hamda kasallikni oldini olish va undan himoyalanish haqidagi xabarlarni yetkazib turamiz.

Yil boshidan buyon COVID-19 butun dunyoda minglab kishilar hayotini olib ketdi. Kasallik yuqqanlar soni bir necha yuz mingdan oshib ketdi. Rossiyada ayni davmda vaziyatni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lindi. Hukumat poytaxt va mamlakat hududida koronavirus tarqalishiga qarshi ishonchli to‘siq qo‘yish uchun barcha kerakli choralarni qo‘llamoqda.

Lekin biz bir birimizni qo‘llab-quvvatlamas  ekanmiz – hech qanday chora foyda bermaydi. Biz faqat birgalikda ushbu havfga qarshi turishimiz mumkin. Aynan shuning ramzi sifatida biz logotiplarni o‘zgartirishga qaror qildik.

O‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling va - #vahimasiz!

Yangiliklar lentasi
0