Karantin tufayli Namangan shahriga kirib-chiqish taqiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilniy svetochniy parad na ulitsa Namangana
Avtomobilniy svetochniy parad na ulitsa Namangana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugundan boshlab avtobus, mikroavtobus va yengil avtomobillar Namangan shahriga kirish-chiqishi taqiqlandi.

TOShKENT, 26 mar - Sputnik. Karantin tufayli Namangan shahriga kirib chiqish-taqiqlandi. Bu haqida 25-mart kuni e’lon qilingan shahar hikimining maxsus qarorida aytib o‘tilgan.   

"Viloyat aholisining sanitariya-epidemiologik osiyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasini viloyat hududida tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan, 2020 yil 26-mart kunis soat  00:01 dan boshlab Namangan shahrining respublikaning barcha viloyatlariga chiqish, shu jumladan tumanlarga chiqish har qanday transport visitalarida jumladan avtobus, mikroavtobus, yengil avtomobil avtotransport to‘xtatilsin", - deyilgn hokim qarorida. 

Namangan shahriga kirish va chiqish haqidagi cheklovlar yuk tashish avtomobillari va Namangan shahrida doimiy yashayotgan fuqarolar, Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan davlat boshqarmalari va huquqni saqlash organlari xodimlari, shifokorlar uchun taaluqli bo‘lmaydi.  

Shuningdek qarorda shaharga kirib chiqayotgan mashinalar dezinfeksiya qilinishi va karantin tartibini buzgan fuqarolarga nisbatan qo‘llanilishi kerak bo‘lgan chorlar ham aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekistonda 65 nafar koronavirus infeksiyasi yuqqan bemorlar aniqlangan. Ulardan so‘nggi 5 kishi Namangan viloyatida umra safariga borib kelgan ziyoratchilar ekani xabar qilingan edi. 

Yangiliklar lentasi
0