11:45 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
159 0 0

Rossiyada ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida vahimali xabarlar tarqatayotganlarni aniqlash uchun maxsus guruh tashkil etildi.

TOSHKENT, 26 mar - Sputnik. Rossiya Tergov qoʻmita internetda koronavirus gʻaqida feyklar tarqatayotganlarni aniqlash uchun maxsus guruh tuzdi, RIA Novosti xabariga asosan.  

“Rossiya Tergov qoʻmitasi raisi Aleksandr Bastrыkin qaroriga muvofiq aholi orasida (COVID-19) koronavirus bilan bogʻliq vaziyat haqida yolgʻon xabarlar tarqatishni oldini olish uchun maxsus guruh tashkil etildi” , - deyilgan Tergov qoʻmitasi xabarida.

Ushbu ishchi guruh Internet, turli messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarda “Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni hamda odamlarni vahimaga soluvchi turli yolgʻon xabarlar manbaasini aniqlash va ularga qarshi tegishli choralar koʻrish bilan shugʻullanadi.

“Amaldagi qonunchilikka binoan bunday faktlarga jinoiy-huquqiy baho berilali”, - deyilgan xabarda.

Ana shunday yolgʻonlardan birinchisi fosh qilindi.  Exo Moskvы radiostantsiyasi efirida siyosatchi Valeriy Solovey Rossiyada 1600 nafar koronavirusdan vafot etganlar va 130-180 ming ushbu virusga chalinganlar borligini va hukumat buni yashirayotgani haqida xabar qilgan.

Yolgʻon maʼlumot tarqatgani uchun Solovyevga 100 ming rubl maʼmuriy jarima solinishi mumkin. “Exo Moskva” radiostantsiyasi direktori Vitaliy Ruvinskiy esa Roskomnadzor talabiga binoan ushbu yolgʻon maʼlumot saytdan olib tashlanganini  xabar qilgan.

Eslatib oʻtamiz, JSST 11 mart kuni dunyoda koroonavirus pandemiyasini eʼlon qilgan edi. Bugngi kunda  dunyoda ushbu kasalikka chalinganlar soni 414 mingdan, qurbonlar soni 18 mingdan  oshgan. Rossiyada ayni damda kasallanganlar soni 840 nafardan oshgan, 2 nafar katta yoshli beʼmor vafot etgan.

Asosiy mavzular