06:44 11 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (955)
241 0 0

Yuqumli kasalliklar haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish 44,6 mln soʻm jarima solinishiga sabab boʻladi.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Karantin vaqtida yuqumli kasalliklar haqida yolgʻon va asoslanmagan maʼlumotlarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida maʼlum qilindi.

Shavkat Mirziyoyev imzolangan OʻRQ–613 sonli qonuniga muvofiq, Jinoyat kodeksi 244-5-modda bilan toʻldirildi.

Unga koʻra, karantin davrida inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish  BHMning 200 baravarigacha (44 mln 600 ming soʻm)  jarima jazosiga tortishga, 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari va 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolashga sabab boʻladi.

Mazkur maʼlumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirish yoki OAV, shuningdek Internet orqali tarqatish 44 mln 600 ming soʻmdan 89 mln 200 ming soʻmgacha miqdorda jarima tortilishiga sabab boʻladi.

Shuningdek, ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 3 yilgacha ozodlikni cheklash va 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (955)

Asosiy mavzular