23:36 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1169)
1293 0 0

24 martda mehnat taʼtili olgan xodim 16 aprelda ishga chiqishi kerak. Bu paytga kelib vaziyat oʻnglanmasa, nima boʻladi?

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Agar karantin choralari 16 apreldan keyin ham davom ettirilsa, bu vaziyatda xodim ish beruvchi bilan kelishib, masofadan turib ishlashi mumkin. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining matbuot kotibi Shahnoza Ravshanova AOKA huzuridagi shtabda boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qildi.

“Agar 16 aprelgacha karantin va cheklov tadbirlari amalda boʻladigan boʻlsa, xodim ish beruvchi bilan kelishib, faoliyat turidan kelib chiqib yo masofadan ishlashi, yo toʻliq boʻlmagan ish rejimiga oʻtkazilishi yoxud oʻz hisobidan taʼtil olishi mumkin”, - dedi u.

Ravshanova bularning bari xodimning roziligi asosida amalga oshirilishini qoʻshimcha qildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirus sabab joriy etilgan karantin davrida aksariyat korxona va tashkilotlar hamda muassasalar faoliyatini vaqtincha toʻxtatmoqda. Ishchi-xodimlarga vaziyat tushuntirilib, ularga taʼtil berilmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1169)

Asosiy mavzular