12:18 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (627)
379 0 0

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev karantin vaqtida mavjud qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonunni imzoladi. 

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Jamoat joylarida niqobsiz yurgan shaxslarga nisbatan javobgarlik choralari kuchaytirildi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev karantin vaqtida mavjud qoidalarni buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonunni imzoladi. 

Unga muvofiq maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasiga oʻzgartirish kiritildi.

Qayd etilishicha, karantin va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida jamoat joylarida niqobsiz boʻlish qonunga zid hisoblanadi.

Ushbu harakatlarni sodir etgan shaxsga nisbatan qonunga muvofiq, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha, yaʼni 1 mln 115 ming soʻm miqdorda jarima jazosi qoʻllanilishiga asos boʻladi.

Avvalroq Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Aziz Ikramov 25 mart kunidan boshlab fuqarolarning jamoat joylarida niqob bilan yurishi shartligi, ushbu tartibga boʻysunmaydigan fuqarolarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralari qoʻllanilishi haqida ogohlantirgan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (627)

Asosiy mavzular