16:21 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1090)
3441 0 0

Xitoy olimlarining tadqiqoti natijalari koronavirus erkaklar jinsiy bezlari funktsiyasiga taʼsir qilishini koʻrsatdi.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Xitoy olimlari yangi koronavirusning shtammi bepushtlikka olib kelishi mumkinligini aniqlashdi. Tadqiqot medRxiv platformasida eʼlon qilindi.

Mutaxassislar koronavirusga chalingan 80 nafar erkakda gormonlar darajasini tahlil qilishdi.

Tadqiqot koronavirus erkaklar jinsiy bezlari funktsiyasiga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qilishini koʻrsatdi. Xususan, koronavrusga chalingan bemorlarda testosteron ishlab chiqarishni kuchaytiradigan lyuteiniz gormoni darajasi haddan tashqari yuqori boʻlganligi koʻrsatdi. Shu bilan birga, lyuteiniz gomoniga testosteron va follikulstimul gormoni (FSG) nisbati juda past darajada ekanligi maʼlum boʻldi.

“Bu tadqiqot koronavirus infektsiyasi erkak jinsiy gormonlariga taʼsir qilishini koʻrsatuvchi  birinchi dalil hisoblanadi, SARS-CoV-2dan xalos boʻlgan bemorlarda, ayniqsa reproduktiv yoshdagi erkaklardagi jinsiy bezlarining ishlashiga koʻproq eʼtibor berishlari talab etadi”, - deb taʼkidlamoqda mutaxassislar.

Olimlar taʼkidlanishicha, koronavirusga chalinganlarning yarmidan koʻpi reproduktiv yoshdagi erkaklar tashkil qilmoqda, kasallikdan tuzalgan kishilar toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtishlari kerak.

Shuningdek, mutaxassislar tadqiqot cheklanganligini tan olishdi. Bemorlarning spermasida virus oʻzi aniqlanmagan, bu erkak jinsiy bezlariga zarar yetkazilishi haqida aniq dalolat bergan boʻlardi.

Olimlar stress va kortikosteroid terapiya erkak bemorlarning jinsiy aʼzolari faoliyatiga taʼsir qilgan boʻlishi mumkin deb taxmin qilishdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1090)

Asosiy mavzular