14:49 30 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1174)
360 0 0

Koronavirusga chalingan bemorlarni davolash vaqtida virus yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga konpensatsiya toʻlovi toʻlanadi.

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik. Koronavirusga chalingan bemorlarni davolash vaqtida virus yuqtirib olgan tibbiyot xodimlariga konpensatsiya toʻlovi toʻlanadi. Bu haqda Oʻzbekiston 24 informatsion dasturi orqali maʼlum qilindi.

Prezident imzolagan yangi qarorga koʻra, koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlarni davolash vaqtida virus yuqtirib olgan tibbiyot xodimiga 100 million soʻm kompensatsiya toʻlovi toʻlanadi.  

Bu haqda prezidentning oʻzi shunday deydi:

—   “Koronavirusga qarshi kurashishdagi oʻziga xos “jang maydoni”da tibbiyot xodimlari birinchi zarbani qabul qilmoqdalar.

Oddiy haqiqatni tan olish adolatdan boʻladi. Kasallarga oʻz vaqtida yordam berilsa, ular shifo topadi, kasalxonalarni tark etadi. Lekin, oxirgi kasal tuzalmaguncha tibbiyot xodimlari ish joyini tark etolmaydi.

Shu sababli, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishga qoʻshayotgan ulkan hissalarini va fidokorona xizmatlarini eʼtirof etgan holda, koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish ishlariga jalb etilgan tibbiyot, sanitar-epidemiologik va boshqa xodimlarni qoʻshimcha ijtimoiy hamda moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida alohida qarorni imzoladim”– deydi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1174)

Asosiy mavzular