11:32 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)
720 0 0

Respublikaning yana 3 ta viloyatlariga barcha hududlardan kirish har qanday transport vositalari uchun toʻxtatildi.

TOSHKENT, 27 mar — Sputnik. Ayni paytda epidemik vaziyat tufayli Respublikaning Navoiy, Samarqand va Sirdaryo viloyatlariga kirish va chiqish rasman toʻxtatilgan.   

Joriy yilning 27 mart kuni soat 12:00 dan boshlab, Navoiyning barcha shahar va tumanlari, soat 00:01dan boshlab Guliston shahri, soat 06:00 dan boshlab esa Samarqand shahri uchun barcha hududlardan kirish har qanday transport vositalari uchun toʻxtatilgan.

Joriy yilning 24 mart kunida Buxoro viloyati hokimining farmoyishiga asosan viloyat hududida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi transport vositalari qatnovi vaqtinchalik toʻxtatilgan edi.

Taʼkidlanishicha, yuqoridagi viloyatlarga kirishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bogʻliq hollarda, shifokor va hamshiralar, ushbu hududlarda doimiy yashovchi shaxslarga, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, boshqarma, idora va tashkilotlarda mehnat qilayotgan rahbar va xodimlarga nisbatan qoʻllanilmaydi. 

Bundan tashqari davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat tumanlariga biriktirilgan masʼul xodimlariga nisbatan ushbu cheklov tatbiq etilmaydi.

Mazkur hududlarda dezinfektsiya qilingan yoʻnalishsiz taksilardan tashqari avtotransport vositalarida yoʻlovchi tashishga yoʻl qoʻyilmasligi maʼlum qilinmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1279)

Asosiy mavzular