07:12 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
501701

Kunlar qiziydi va atrof-muhit virusdan tez sterilizatsiyasi boshlanadi, virus quyoshda "quriydi" - deb hisoblaydi biolog.

TOSHKENT, 27 mar  - Sputnik. Agar virus odamdan odamga oʻtishda kutilmaganda zaiflashishi yoki davomiy issiq xavo kabi "biologik moʻʼjiza" yuzaga kelsa, yangi koronavirusning epidemiyasi qaytishi mumkin. Bunday taxminni biologiya fanlari doktori, GMU Tizimli biologiya maktabi professori (AQSH) Ancha Baranova bildirdi.

Bunga qadar, Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp, mamlakat koronavirus bilan bogʻliq cheklov choralarni 14 kun ichida olib tashlashi mumkinligini eʼlon qilgan edi.

"Agar biron bir moʻʼjiza yuz bersa, epidemiyani tugatish ehtimoli bor. Moʻʼjizaga kelsak, men biologik moʻʼjizani nazarda tutayapman. Toʻsatdan virus zaiflashadi yoki ob-havo ikki hafta davomida quyosh boʻlib  turadi. Aprel oyining boshi shunchalik issiq kelishi mumkin, bizda bunday boʻlib turadi. Kunlar qiziydi va atrof-muhit virusdan tez sterilizatsiyasi boshlanadi. Avval aytib oʻtganimdek, virus quyoshda "quriydi", -  RIA Novosti olimning soʻzlarini iqtibos keltiradi.

Baranova tushuntirishicha, agar Qoʻshma Shtatlardagi vaziyatni nazarda tutsa, u yerda epidemiya kuchli boʻlgan Luiziana shtatida aprel oyida harorat 30 darajagacha koʻtarilishi mumkin.

"Biroq, moʻʼjiza deb men issiq ob-havoni nazarda tutmadim, balki virus shu qadar mutatsiyaga uchrashi mumkinki, uning "yomonligi" kamayib, ogʻir holatlar soni kamayadi", - deya qoʻshimcha qildi u.

Biolog mutaxassisda epidemiyani tez tugatishning ikkinchi varianti borligiga shubha yoʻq: agar xalqaro sogʻliqni saqlash tizimi ushbu virusga qarshi vaktsinani ishlab chiqsa, vaktsinani ishlab chiqarishni butun dunyoda kengaytirib, davolashni boshlanishi.

"Agar ikkalasidan biri roʻy bersa: tez davolash vositasi yoki biron bir biologik moʻʼjiza paydo boʻladi. Agar barcha omillar oʻzgarishsiz, bir xil boʻlib qolsa, ikki hafta ichida AQShning barcha shtatlari ochilishi dargumon", - deydi Baranova.

Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni COVID-19 yangi koronavirus infektsiyasi tarqalishini pandemiya deb eʼlon qildi. JSSTning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda 460 mingdan ortiq odam kasallangan, 20 mingdan ortigʻi vafot etdi

Oʻzbekistonda kasallanganlar soni 83 kishini tashkil etadi. Ulardan 1 nafari vafot etdi.

Oldinroq Sputnik Radiosi Oksford universiteti COVID-19 ga qarshi vaktsinani koʻngillilarda sinab koʻrishi haqida xabar bergan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular