06:19 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
498330

Hozirda ayolning barcha qarindoshlari karantinga olingan. Ularning birontasi 72 yashar onaxonning dafn marosimida ishtirok eta olmaydi. Onaxonni sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari dafn etishdi.

TOSHKENT, 28 mar - Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus tufayli vafot etgan ayol haqida yangi tafsilotlar eʼlon qilindi.

Namangan viloyati hokimi mahalliy televideniya orqali chiqishi vaqtida viloyatdagi koronavirus boʻyicha ahvol hamda koronavirusga chalingan 72 yoshli ayol oʻlimi haqida batafsil toʻxtalgan.

"Viloyatimizda koronavirusga chalinganlar soni oltitani tashkil qilmoqda, - dedi afsus bilan Xayrulla Nazarov. - Turkiya davlatidan, Saudiya Arabistonidan Umra Hajini amalga oshirib kelgan fuqarolarimizni tekshirish jarayonida bitta oiladan 5 kishi, yana bir oiladan bir kishida - jami olti kishida ushbu kasallik alomatlari aniqlandi. Ularning bir nafari - 72 yoshli onaxonimiz ushbu virus natijasida olamdan oʻtdilar".

Maʼlum boʻlishicha, ushbu onaxonning qizi Saudiya Arabistoniga Umra safariga Turkiya orqali borgan va u yerdan 12 mart kuni qaytib kelgan. Anʼanaga koʻra, Umra yoki Haj safaridan qaytgan kishini yaqin qarindoshlari va oila aʼzolari kelib koʻradi. Hokimning aytishicha, ayol 231 nafar kishi bilan muloqotda boʻlgan.

Natijada, ushbu oilaning besh nafar aʼzosi, shu jumladan, Saudiya Arabistoniga borgan ayolning oʻzi ham, koronavirusga chalingan. Ular orasida vafot etgan onaxon, opasi, qizi (maktab oʻquvchisi) va nabirasi bor. Hozirda boshqa qarindoshlar tekshirilmoqda.

Oʻzbekiston Hukumati 24 fevral sanasidan Saudiya Arabistoniga borishni vaqtincha taqiqlagan edi.

Hozirda ayolning barcha qarindoshlari karantinga olingan. Ularning birontasi 72 yashar onaxonning dafn marosimida ishtirok eta olmaydi. Onaxonni sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimlari dafn etishdi.

"Mana sizga natija. Birinchidan, kasallikning yuqishi, ikkinchidan oʻlim holati, uchinchidan, onaxonni soʻnggi manzilga uning oila aʼzolari kuzatmagani. Men oʻylaymanki, bu Namangan aholisiga juda qattiq taʼsir qildi. Shaxsan menga bu juda qattiq taʼsir qildi", - dedi hokim.

Hozirgi paytda Oʻzbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 104 kishini tashkil qilmoqda, ularning 2 nafari vafot etgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular