02:08 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (868)
94811

Sogʻliqni saqlash vazirligi xabariga koʻra, koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlardan 7 nafari sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda 7 kishi koronavirusdan toʻliq tuzaldi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

“Quvonarli jihati, fidoyi va vatanparvar shifokorlarimiz saʼy-harakati tufayli yurtimizda koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlarimizning dastlabki 7 nafari butunlay sogʻaydi. Ular Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va boshqa masʼullar tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya tibbiyot markaziga kuzatib qoʻyildi. Kasallikdan xalos boʻlgan fuqarolarimiz maʼlum muddat shu yerda karantinda boʻlishadi. ”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 29 taga oshib, 133 taga yetgani xabar qilingan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (868)

Asosiy mavzular