01:05 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (868)
1564 0 0

Oʻzbekistonda 30 martdan shaxsiy manfaat yoʻlida avtomobildan foydalanish qatʼiyan man etilmoqda. Mashina boshqarish uchun DXMdan maxsus ruxsatnoma olish kerak.

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik.  IIV shaxsiy avtomobilni boshqarish taqiqlangani bilan bogʻliq tartibni buzganlik uchun javobgarlikni maʼlum qildi.

Ushbu qoidabuzarlik uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarini buzish) bilan jazo belgilangan.

... fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 30 baravarigacha (4 mln 460 ming soʻmdan 6 mln 690 ming soʻmgacha, mansabdor shaxslarga esa —30 baravaridan 50 baravarigacha (6 mln 690 ming soʻmdan 11 mln 150 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bugun, 29 martdan boshlab soat 15.00 da maxsus ruxsatnomani olish uchun arizani elektron tarzda my.gov.uz portali orqali  topshirish mumkin boʻladi.

Avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnomani qayerdan olsa boʻladi – roʻyxat

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 30 mart Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi. Shaxsiy manfaat yoʻlida mashinadan foydalanish qatʼiyan man etiladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (868)

Asosiy mavzular