06:22 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
56710

Fond 7 ta mamlakatga jami 1,7 million dona niqob, 165 ming dona COVID-19ni aniqlovchi test, himoya kiyimlari va zaruriy tibbiy asbob-uskunalar yuboradi.

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Xitoylik milliarder, Alibaba Group asoschisi Jek Ma va uning xayriya fondi 7 ta mamlakatga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda yordam beradi. Bu haqda Reuter agentligi xabar qildi.

Roʻyxatga quyidagi mamlakatlar kiritilgan: Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Hindiston, Vyetnam va Butan.

Ushbu mamlakatlarga jami 1,7 million dona niqob, 165 ming dona COVID-19ni aniqlovchi test, himoya kiyimlari va zaruriy tibbiy asbob-uskunalar yuboriladi.

Fond bunga qadar Xitoy, Rossiya, Janubiy-Sharqiy Osiyo, YEI va Afrika mamlakatlariga koronavirusga qarshi kurashishda yordam qoʻlini choʻzgan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Birlashgan Arab Amirliklari hukumati Oʻzbekistonga 8 tonnalik insonparvarlik yordamini joʻnatgani xabar qilingan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular