07:54 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
78910

Respublika maxsus komissiyasining xabariga koʻra, Oʻzbekistonda favqulodda holat joriy etilgani haqidagi mish-mishlar yaqqol boʻrttirilgan.

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi Oʻzbekistonda favqulodda holat joriy etilgani haqidagi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

“Oʻzbekistonda favqulodda holat joriy etilgani haqidagi mish-mishlar yaqqol boʻrttirilgan. Bunday hujjat tayyorlash haqida tarqatilgan maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi”, - deyilgan xabarda.

Komissiya yolgʻon axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda qatʼiy jazolar nazarda tutilganini eslatib oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlanganlar soni 29 mart holatiga koʻra 133 kishini tashkil etmoqda. 7 nafar bemor ushbu infektsiyani yengishga muvaffaq boʻldi. Mamlakatda koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 30 martdan faqat maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtomobilda harakatlanishga ruxsat beriladi. Shaxsiy manfaat yoʻlida mashinadan foydalanish qatʼiyan man etiladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular