07:35 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)
186931

Ayni vaqtgacha Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 11 taga oshib, 144 nafarni tashkil etmoqda.

TOSHKENT, 29 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 11 taga oshdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qildi.

“Ayni vaqtgacha Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar soni 11 taga oshib, 144 nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan xabarda.

Barcha bemorlar Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga koʻra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda.

JSST 11 mart kuni yangi turdagi koronavirus COVID-19 tarqalishini pandemiya deb eʼlon qildi. Soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda virusni yuqtirganlar soni 670 mingdan ziyod kishini tashkil qilmoqda, 30 mingdan ziyod kishi vafot etgan. 145 686 kishi tuzalib ketishga muvaffaq boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda 7 bemor koronavirusdan butunlay sogʻayib ketgani xabar qilingan edi.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (885)

Asosiy mavzular