O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 145 nafarga yetdi

© MChS UzbekistanaSanitarnaya obrabotka na ulitsax Tashkenta
Sanitarnaya obrabotka na ulitsax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarda qayd etilishicha, ushbu infeksiya ikkinchi vafot etgan marhum bilan muloqotda bo‘lgan jiyanida aniqlangan.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1 taga oshdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

“Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 1 taga oshib, 145 nafarni tashkil etmoqda. Ushbu infeksiya ikkinchi vafot etgan marhum bilan muloqotda bo‘lgan jiyanida aniqlandi”, - deyilgan xabarda.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 7 bemor koronavirusdan butunlay sog‘ayib ketdi

Barcha bemorlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda.

JSST 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda virusni yuqtirganlar soni 723 mingdan ziyod kishini tashkil qilmoqda, 33 mingdan ziyod kishi vafot etgan. 151 mingdan ortiq kishi tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 7 bemor koronavirusdan butunlay sog‘ayib ketgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0