Avtotransport cheklovlari butun O‘zbekiston hududi uchunmi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur cheklovlar faqat bir viloyatdan ikkinchi viloyatga o‘tishda, shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlariga taalluqli.

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Ko‘pchilik so‘rayotgan avtotransport cheklovlari faqat viloyat markazlari uchunmi yoki butun O‘zbekiston hududi uchun degan savolga oydinlik kiritildi.

“Mazkur cheklovlar faqat bir viloyatdan ikkinchi viloyatga o‘tishda, shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlariga taalluqli. Boshqa shahar va tumanlarda avtotransport haydashda bunday cheklovlar o‘rnatilmaydi. Stiker olish ham shart bo‘lmaydi”, - deyiladi Koronavirus Info rasmiy telegram xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2020-yil 30-martdan 20-aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida shaxsiy manfaat yo‘lida avtomobildan foydalanish qat’iyan man etilgani xabar qilingan edi.

Avtomobilda harakatlanish uchun maxsus ruxsatnomani qayerdan olsa bo‘ladi – ro‘yxat

Ushbu hududlarda harakatlanish uchun Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)ga ega bo‘lish kerak.

Yangiliklar lentasi
0