12:27 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
72110

Asosan shifokorlar oʻzlarining tajriba va kasbiy mahoratlarini qoʻllash boʻyicha taklif bildirgan, ammo koʻngillilar orasida boshqa kasb vakillari ham bor.

TOSHKENT, 30 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda koronavirus bilan kurashishni xohlovchi koʻngillilardan 4 mingga yaqin murojaat kelib tushdi. Bu haqda Innovatsion sogʻliqni saqlash Milliy palatasining matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashda asosan shifokorlar tomonidan oʻzlarining tajriba va kasbiy mahoratlarini qoʻllash boʻyicha takliflar kelmoqda. Ammo koʻngillilar orasida boshqa kasb vakillari ham bor, ular taxminan 10 foizini tashkil qilishadi.

Professor Universiteta Koryo Respubliki Koreya Tsoy Chje Uk
Otdel po svyazyam s obщestvennostyu Ministerstva zdravooxraneniya

"Milliy Palata COVID-19" (t.me/uzhealth_covid2019) maxsus telegram-kanali atigi 27 mart kuni tashkil etilgan boʻlsada, 4 kun ichida kamida 3,5 ming koʻngillilar oʻzlarining shaxsiy, aloqa va ixtisosliklari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini ushbu telegram kanalining botiga joʻnatib ulgurishdi", - deyilgan xabarda.

Ushbu sohadagi koʻngillilarning, shu jumladan, “shifokorlar va laboratoriya mutaxassislari”, “oʻrta tibbiyot xodimlari”, “kichik tibbiyot xodimlari” va “boshqalar” roʻyxatlarini tuziladi hamda ushbu maʼlumotlar SSVga yuboriladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular