Koreyada o‘zbek masjidi paydo bo‘ladi

© Sputnik / Aleksandr Paniotov / Mediabankka o‘tishKupol mecheti
Kupol mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonliklar Koreyaning Mokpo shahrida yer maydoni sotib olib, u yerda yangi masjid binosi qurishni boshlashdi.

TOShKENT, 30 mar - Sputnik. Koreyada o‘zbekistonliklar tomonidan birinchi masjid qurilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Ta’kidlanishicha, bir necha yil avval Janubiy Koreyada yashab, o‘qiyotgan va ishlayotgan o‘zbekistonliklar tomonidan mahalliy hukumatdan masjid va islom markazini ochish to‘g‘risida ruxsat olingan. Ayni damda o‘zbekistonliklar tomonidan Koreyaning Mokro shahrida masjid uchun 222,8m² yermaydoni sotib olinib, u yerda yangi masjid binosining qurilish ishlari boshlangan.

Xodja Axrar Vali - Fundament pervoy v Tashkente sobornoy patnichnoy mecheti (Djuma-mechet) bil zalojen na samoy visokoy tochke shaxristana (sentra) drevnego Tashkenta v 819 godu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘tgan yil 13 ta yangi masjid ochildi

Kelajakda masjidga xizmat qilish boradigan o‘zbekistonlik imom-xatiblar uchun viza va boshqa hujjatlar rasmiylashtirilishida ham hech qanday muammolar yuzaga kelmasligi aytilmoqda.

Avvalroq, Koreyaning Kojedo shahridagi masjid shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining nomi bilan rasmiy ravishda faoliyat yuritib kelgan. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ushbu masjidning kerakli diniy adabiyotlar bilan ta’minlanishiga bosh-qosh bo‘lgan, keyinchalik, imom-xatib ham tayinlangan.

Shayx vafotidan so‘ng ushbu masjid Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari nomi bilan rasmiy ravishda faoliyat yuritib kelgan. Masjid binosi ijaraga olinganligi bois, u yerda rasmiy imom-xatiblarni tayinlash bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Yangiliklar lentasi
0