00:42 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (59)
611 0 0

Fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari moddiy ragʻbatlantiriladi.

TOSHKENT, 30 mar - Sputnik. Prezident farmoni bilan 2 jahon urushi qatnashchilariga moddiy mukofot ajratiladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidentining 30 mart kuni imzolangan xabarida maʼlum qilingan. 

Qarorda aytilishicha, mamlakatda 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni oʻtkazilishi hamda fashizm ustidan qozonilgan  gʻalabaning 75 yilligining nishonlanishi munosabati bilan 2 jahon urush qatnashchilari va nogironlariga 10 000 000 soʻm miqdorida pul mukofoti beriladi.

Mukofot puli respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, IIV, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda topshiriladi.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (59)

Asosiy mavzular