12:19 18 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1345)
391 0 0

Hujjat pandemiyaning mamlakat iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan navbatdagi imtiyozlar, preferentsiyalar va boshqa muhim chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Koronavirus pandemiyasi davrida aholini, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmon loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Loyiha “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonining mantiqiy davomi hisoblanadi.

Hujjat pandemiyaning mamlakat iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan navbatdagi imtiyozlar, preferentsiyalar va boshqa muhim chora-tadbirlarni nazarda tutadi.

Mirziyoyev farmon loyihasiga yolgʻiz qariyalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va kam taʼminlangan oilalar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlarini koʻpaytirish va narxlari oshishiga yoʻl qoʻymaslik, tadbirkorlik subʼyektlarining aylanma mablagʻlari kamayib ketishining oldini olish, ularga qoʻshimcha soliq imtiyozlari taqdim etish kabi bir qator aniq choralarni kiritish zarurligi haqida masʼullarga topshiriq berdi.

Taʼkidlanishicha, farmon loyihasini takomillashtirish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazgan edi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1345)

Asosiy mavzular