07:43 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (868)
756 0 0

Oʻzbekistonda 23 martdan toʻy-hashamlar va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish taqiqlangan. Yunusoboddagi toʻyda xonanda Mavluda Asalxoʻjayevaning ishtirok etgani foydalanuvchilar eʼtiborini tortgan.

TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. Toshkent shahar IIBB internet tarmogʻidagi tarqalgan Yunusobod tumanidagi toʻy oʻtkazilgani aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

Marosimda oʻzbek estradasining taniqli xonandasi Mavluda Asalxoʻjayevaning ishtirok etgani videorolikni tomosha qilganlarning eʼtiborini tortgan. Foydalanuvchilar tadbir ishtirokchilarini karantin davrida tartibni buzganlikda ayblaganlar.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tekshiruv oʻtkazdi. Maʼlum boʻlishicha, tadbir 22 mart kuni, yaʼni koronavirus tufayli  toʻy-hashamlarni bekor qilish haqidagi qaror kuchga kirishidan bir kun oldin boʻlib oʻtgan.

Taʼkidlanishicha, toʻy kuyovning – 28 yoshli SH.S.ning uyida oʻtkazilgan. Unda 3 nafar erkak, kelin va 6 ta ayol hamda xonanda Mavluda Asalxoʻjayeva ishtirok etgan. Xonanda uchta qoʻshiq kuylab, tadbirni tark etgan.

“SH.S. toʻy oʻtkazishi haqida oldindan mahalla raisini va profilaktika inspektorini ogohlantirgan”, - deyilgan xabarda.

IIBB fuqarolardan biror maʼlumotni internetga muhokama qilish uchun chiqarishdan oldin uning tafsilotlarini oʻrganib chiqishini soʻragan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda karantin munosabati bilan qator taqiqlar oʻrnatilgan. Nafaqat viloyatdan viloyatga, balki shahar va tumanlar oʻrtasida ham transport harakati cheklandi. Fuqarolarga zarur boʻlmaganda uyidan tashqariga chiqish cheklandi. Fuqarolar oʻzaro muloqot chogʻida 2 metr masofa saqlashi shart. Qolaversa, koʻchada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning toʻplanishi taqiqlanadi.

Shuningdek, mamlakat fuqarolarini sogʻligʻini himoya qilish maqsadida toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosim singari ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi bekor qilingan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (868)

Asosiy mavzular