10:36 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Jamiyat
Havola olish
128330

Jurnalist, shuningdek, oʻz xotiralarida oʻsha vaqtda "Tarona"da ajoyib muhit hukm surgani, Ravshan Yoʻldoshev esa uning xotirasida faqat yaxshi tomonlama muhrlanib qolganligi haqida yozgan.

TOSHKENT, 31 mar - Sputnik. Stsenariynavis, jurnalist va boshlovchi Ruslan Saliyev Feysbukdagi sahifasida xonanda Lola Yoʻldoshevaning otasi, Shahzodaning sobiq turmush oʻrtogʻi - "Tarona rekords" asoschisi Ravshan Yoʻloshev haqida oʻz xotiralari bilan oʻrtoqlashdi.

Ruslan Salixovning yozishicha, Ravshan Yoʻldoshev bilan uni hayotining qisqa, ammo juda bir yorqin lahzasi bogʻlab turadi.

"Sky, "Nochnoy Dozor" va A'Studioning "Uletayu" albomidagi qoʻshiqlar hammuallifligidan omad menga kulib boqqach, yaqinlarim bilan koʻrishish va dam olish uchun bir oyga jonajon va sevimli Toshkentimga keldim. Bir necha kundan soʻng menga "Tarona Rekords"dan qoʻngʻiroq qilishdi, va Ravshan Yuldashev men bilan uchrashib, bir loyihani muhokama qilmoqchi ekanligini aytishdi. Biz qisqa vaqt va ish yuzasidan muloqotda boʻldik. Kompaniyaning yangi loyihasi - yosh reper Shahriyor paydo boʻlgan boʻlib, menga uning debyut albomi uchun bir nechta treklarga prodyuserlik qilish taklif etilayotgandi. Bu taronalar oʻzbek bozoridagi treklardan tubdan ajralib turishi kerak edi. Biz kelishdik va Shahrining debyut plastinkasi ustida ishni boshlab yubordik. Bir ish ortidan ikkinchi ish paydo boʻlib, men Toshkentda bir yilcha qolib ketdim. Bu orada shov-shuv qozongan "Boʻrilar" filmiga saundtreklarga prodyuserlik qilishga va Shahzodaning rus tilidagi albomi uchun qoʻshiqlar yozishga ulgurdim", - deya esga oladi Ruslan Salixov.

<...> Jurnalist, shuningdek, oʻz xotiralarida oʻsha vaqtda "Tarona"da ajoyib muhit hukm surganini, Ravshan Yoʻldoshev esa uning xotirasida faqat yaxshi tomonlama muhrlanib qolganligi haqida yozgan.

"Ravshan Yuldashev mening xotiramda ziyoli, aqlli, xuddi hozirgina atelyedan kelgandek orasta kiyingan, dono va aql bovar qilmas darajada vazminligi bilan xotiramda qoladi. Uning yuz ifodasiga qarab, tinglayotgan trekidan qanday hissiyotlarni boshdan kechirayotganini: deylik, unga yoqyaptimi, u befarqmi yoki nimadir unga manzur emasmi - bilib boʻlmas edi. U oʻz fikrini bildirganidagina hammasi ayon boʻlardi. U mening xotiramda har bir soʻz qadrini bilgan intizomli inson sifatida muhrlanib qoladi. Bundaylar hozir juda kam. Soʻnggi bor u bilan 10 yil oldin suhbatlashganman. Oʻshanda menga samimiy tabassum bilan "negadir ancha boʻlibdi, kelmaganingga, mehmonga kel, kutamiz", degan edi. Kuni kecha Ravshan aka olamdan oʻtdi. U - oʻz davrining haqiqiy afsonasidir. Oʻzining kamtarligi tufayli hech qachon sahna oldida boʻlishni istamagan inson endi Oʻzbekiston zamonaviy musiqa tarixida aynan peshsahnada qoladi.

Asosiy mavzular