O‘zbekistonda yana bir kishida koronavirus aniqlandi

© MVD UzbekistanaSanitarnaya obrabotka mashin v Uzbekistane
Sanitarnaya obrabotka mashin v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 1 taga oshib, 173 nafarni tashkil etmoqda.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. O‘zbekistonda yana bir kishiga koronavirus tashxisi qo‘yildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

“Ayni vaqtgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan shaxslar soni 1 taga oshib, 173 nafarni tashkil etmoqda”, - deyilgan xabarda.

Test-sistemi dlya diagnostiki novogo koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rospotrebnadzor koronavirus uchun yuqori aniqlikdagi testni yaratdi

Kecha koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlardan yana biri butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatilgan edi. Ushbu fuqaro 14-mart kuni London – Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan poytaxtga kelgan. 16-mart kuni unda koronavirus kasalligi aniqlangan. O‘tgan vaqt davomida u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida to‘liq davolangan. Shu tariqa ushbu kasallikdan sog‘ayganlar soni O‘zbekistonda 8 nafarga yetgan.

Barcha bemorlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda.

JSST 11-mart kuni yangi turdagi koronavirus COVID-19 tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda virusni yuqtirganlar soni 860 mingdan ziyod kishini tashkil qilmoqda, 42 mingdan ziyod kishi vafot etgan. 178 mingdan ziyod kishi tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0