13:56 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
535 0 0

Payariq tuman hokimi karantin eʼlon qilinmasidan avval Turkiyada xizmat safarida boʻlgan. Mamlakatga qaytishi bilan karantinga joylashtirilgan.

TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. Samarqand viloyati Payariq tuman hokimi Dilshod Musinov hozir karatinda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Hokim karantin eʼlon qilinmasidan avval Turkiyaga xizmat safari bilan ketgan. Mamlakatga qaytishi bilan karantinga joylashtirilgan.

“Bugungi kunda tuman hokimi D.Musinov karantinda boʻlib, sogʻligʻida hech qanday salbiy oʻzgarishlar yoʻq va karantin davri tugagandan soʻng yaqin kunlarda ish faoliyatini boshlashini maʼlum qilamiz”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Vazirlar mahkamasining 23 martdagi qaroriga asosan, chet davlatlardan qaytgan fuqarolar 14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya sharoitida boʻlish belgilab qoʻyilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular