13:22 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
466930

Xonanda Lola Yoʻldosheva oʻz postida otasi Ravshan Yoʻldoshevning yoʻqligiga ishona olmayotgani haqidagi qalb ogʻrigʻini bayon etgan va marhumni oʻtgan tugʻilgan kuni bilan tabriklagan

TOSHKENT, 3 apr - Sputnik. Oʻzbekistondagi zamonaviy shou-biznes asoschisi Ravshan Yoʻldoshevning qizi, taniqli xonanda Lola Yoʻldosheva otasi xotirasiga bagʻishlab taʼsirli post yozib qoldirdi.

"Dadajon❤️ Mening eng saxiy, eng yaxshi, eng dono, eng sevikli insonim!🙏 Sizni endi boshqa hech qachon koʻra olmasligimga, hech qachon Sizdan maslahat soʻray olmasligimga, hech qachon ovozingizni eshita olmasligimga, uchrashganimizda yuzingizdan ikki marta boʻsa ololmasligimga, ijod mavzusida Siz bilan bahslasha olmasligimga va navbatdagi ishim uchun Sizdan bosiq maqtov eshita olmasligimga ishonishim qiyin boʻlyapti...

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Lola Yuldasheva (@lolaofficial_)

Dadajon, bilaman, oʻrtamizdagi rishta hech qachon uzilmaydi, faqat endi bu boshqa muloqot boʻladi, boshqa energetik darajadagi, men buni bilaman, his qilyapman🙏 Mening vujudimda Sizning nabirangiz, Sizning bir qismingiz boʻlgan jajjigina qizaloq yurakchasi urmoqda, Alloh uni menga mana shu ogʻriqni yengib oʻtish, yangi hayot uchun kurashishimchun inʼom etgan... Mening qizim, albatta, oʻz buvasi bilan faxrlanadi, chunki u nafaqat eng saxiy, aqlli va ajoyib inson edi, balki daho darajada ijodkor ham edi. U tarixni yaratdi, Oʻzbekistonda zamonaviy estrada musiqasiga asos soldi va bu musiqalarda bir necha avlod oʻsib-ulgʻaydi! Tugʻilgan kuningiz bilan Dadajon❤️ Sizga muhabbatim cheksiz!🙏😢", - deb yozgan Lola va hamdardlik soʻzlari uchun barchaga minnatdorlik bildirib qolgan.

Eslatib oʻtamiz, xonandaning otasi Ravshan Yoʻldoshev 30 mart kuni yurak xurujidan vafot etgan edi.

Asosiy mavzular