14:40 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
389 0 0

Yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari tashrif buyurayotgan har bir fuqaroning tana harorati oʻlchanadi.

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. Oʻzbekistondagi yirik dehqon bozorlari va savdo majmualarining (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylari tegishli mutaxassislar bilan taʼminlagan holda pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi.

Respublika komissiyasi qaroriga muvofiq, ushbu majmualarga tashrif buyurayotgan har bir fuqaroning tana harorati oʻlchanadi hamda 37 S va undan yuqori boʻlganda, mazkur fuqarolar ushbu majmualarga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Bunda ushbu fuqarolarga zudlik bilan tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat etish tavsiya etiladi.

Shuningdek, markazlashgan holda pirometrlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ikki kun muddatda yetkazib beriladi.

Yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari  hamda karantin tadbirlari uchun ajratilgan joylarda dezinfektsiya ishlari muntazam ravishda majburiy tartibda amalga oshirib boriladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular