01:59 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
79320

Hayraton shahrida Oʻzbekistonning 600 tonnaga yaqin gumanitar yuki Afgʻoniston tomoniga begʻaraz ravishda topshirildi.

TOSHKENT, 5 apr — Sputnik. 3 aprel kuni chegaradosh Hayraton shahrida Oʻzbekiston Respublikasining 600 tonnaga yaqin gumanitar yuki Afgʻoniston tomoniga begʻaraz ravishda topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirli matbuot xizmati xabar qildi.

Tadbirda Afgʻonistonning favqulodda vaziyatlar boʻyicha davlat vaziri Najib Fahim, Balx viloyati gubernatori Ishoq Rahguzar, shuningdek, Oʻzbekiston elchisi Yodgorxoʻja Shodmonov va mamlakat FVV vakillari ishtirok etdi.

Tseremoniya peredachi gumanitarnoy pomoщi Afganistanu

“Afgʻoniston tomoni Prezident Shavkat Mirziyoyevga va qardosh oʻzbek xalqiga koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq ogʻir vaziyatda insonparvarlik yordami koʻrsatgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Tinchlik oʻrnatishda, shuningdek, Afgʻoniston iqtisodiyoti va infratuzilmasini tiklashda Oʻzbekiston roli yuqori baholandi”, - deyilgan xabarda.

Balx viloyati maʼmuriyatining rahbari Ishoq Rahguzar Oʻzbekiston haqiqiy qardosh davlat ekanligini, Afgʻonistonning har bir fuqarosi uni qoʻllab-quvvatlayotganini his etayotgani va his etishini taʼkidladi.

Tseremoniya peredachi gumanitarnoy pomoщi Afganistanu

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston hukumati Afgʻoniston va Qirgʻizistonga insonparvarlik yordamini yuborgani xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular