Toshkent koronavirusga qarshi kurashda Xitoy politsiyasi tajribasini o‘rganadi

Obuna bo‘lish
Xitoy Jamoat xavfsizligi vazirligining rasmiy vakili koronavirus pandemiyasini to‘xtatishga qaratilgan bir qator tavsiya berdi.

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Toshkent shahar IIBBda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha Xitoy politsiyasining tajribasi muhokama qilindi.

IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, idora rahbariyatining tashabbusi bilan huquqni muhofaza qilish idorasi boshlig‘ining Xitoy Jamoat xavfsizligi vazirligining rasmiy vakili Lyu Tunpin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.

V Tashkente sozdani spetsialnie nablyudatelnie posti - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda maxsus nazorat maskanlari tashkil etildi

Uchrashuv davomida Xitoy delegatsiyasi vakillari kasallikning tarqalishiga qarshi tashkil etilgan tadbirlarga jalb qilingan Jamoat xavfsizligi vazirligi, idoralar va jamoat tashkilotlarining harakatlar rejasini bayon qilib berishdi.

“XXR delegatsiyasi vakillari tomonidan pandemiyaga qarshi kurash tajribasidan kelib chiqqan holda choralar samarasini oshirishga va koronavirus pandemiyasini to‘xtatishga qaratilgan bir qator tavsiyalar berildi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda maxsus nazorat maskanlari tashkil etilgani xabar qilingan edi. Bu bilan karantin sharoitida mahallalarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning o‘ta zarurat yuzaga kelgandagina ko‘chaga chiqishlarini va niqob taqmasdan harakatlanmasliklarini to‘liq nazorat ostiga olinadi.

Yangiliklar lentasi
0