12:51 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
363 0 0

Dunyoning turli mamlakatlarida koronavirusga qarshi kurashda tibbiy niqoblardan foydalanishga boʻlgan munosabat qanday?

TOSHKENT, 7 apr — Sputnik. Dunyoning turli mamlakatlarida koronavirusga qarshi kurashda tibbiy niqoblardan foydalanishga boʻlgan munosabat tahlil qilindi. RIA Novosti xabariga asosan.

  • Kanada – Hukumat niqoblarni infektsiya tarqalishiga qarshi kurash uchun “majburiy shartlardan” biri sifatida tavsiya qiladi.
  • AQSH – Hamma yuzini berkitishi kerak, masalan, uydan chiqayotganda matodan tikilgan niqob bilan.
  • Tailand – Hukumat koʻchada niqob taqib yurishni tavsiya qiladi.
  • Xitoy – Aksariyat shaharlarda niqob taqish shart.
  • Hindiston – Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi “hamma niqob taqishi shart emasligini” maʼlum qilgan.
  • Singapur – SSV qoʻllanmasida shunday yozilgan: shamollash alomatlari boʻlgan taqdirda niqob taqib, shifokorga murojaat qilish kerak.
  • Avstraliya – Niqob kasal kishilarga boshqalar va tibbiyot xodimlari oldida yoʻtalmasliklari uchun kerak.
  • Avstriya – Niqob “supermarketlarga borganda majburiy”.
  • Shvetsiya – Har bir kishi niqob taqish yoki taqmaslikni oʻzi hal qiladi.
  • Frantsiya – Barcha niqob zaxiralari shifokorlar va koronavirus bilan kasallanganlar uchun.
  • Irlandiya – SSV: “Basharti kasal boʻlmasangiz, tibbiy niqoblar foydasi dargumon”.
  • Buyuk Britaniya – Chora majburiy, hukumatning uning samarali ekaniga asosli dalillari yoʻq.
  • Chexiya, Slovakiya, Bosniya va Gertsegovina – Niqob koʻchada majburiy.
  • Germaniya – Hukumat koʻchada niqobdan foydalanishni majburiy chora sifatida koʻrib chiqmoqda.
  • Italiya – Niqob – “ijtimoiy majburiyat”.
  • Turkiya – aholi niqobni odam gavjum joyda, jumladan, doʻkon va ish joyida taqib yurishi shart. Shu bilan birga niqoblar ularga bepul tarqatiladi. Uni sotish taqiqlangan.
  • Oʻzbekistonga kelsak: mamlakatda 25 martdan jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Ushbu harakatni sodir etgan shaxs 1 mln 115 ming soʻm miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vakili Tarik Yazarevichning soʻzlariga koʻra, sogʻlom odamlar niqob taqishi talab etilmaydi va niqob oʻzi COVID-19’dan himoyani kafolatlamaydi.

Rossiya SSV rahbari Mixail Murashko hamma koʻchada yangi koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqish yurish lozim deb hisoblaydi. Ular tibbiy niqob boʻlishi shart emas. Qoʻlda tayyorlangan niqoblardan foydalansa boʻladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular