Tibbiyot OTMlarida chet tilini bilgan talabalar stipendiyasiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kelgusi o‘quv yilidan boshlab yosh kadrlarning xorijiy adabiyotlardan keng foydalanishini rag‘batlantirish maqsadida chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan tibbiyot OTM talabalari stipendiyasiga qo‘shimcha ravishda ustama to‘lanadi.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekistonda tibbiyot OTMlarida chet tilini bilgan talabalar stipendiyasiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi. Bu prezidentning “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aks etgan.

Kelgusi o‘quv yilidan boshlab yosh kadrlarning xorijiy adabiyotlardan keng foydalanishini rag‘batlantirish maqsadida chet tili (ingliz, nemis, fransuz tillari)ni bilish darajasi to‘g‘risidagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan tibbiyot OTM talabalari stipendiyasiga (mutaxassislik fanlarni 3 bahoga o‘zlashtiradiganlardan tashqari) qo‘shimcha ravishda ustama to‘lanadi.

Bu Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Unga muvofiq, xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Buyuk Britaniya konsalting kompaniya – Quacquarelli Symonds, Buyuk Britaniya nashriyoti – Times Nigher Education, Szaotun Shanxay universiteti – Academic Ranking of World Universities) reytingida tibbiyot yo‘nalishida birinchi 200 o‘rinni egallagan oliy ta’lim muassasalarida klinik ordinatura (rezidentura) va magistratura mutaxassisligini tamomlagan: davlat tibbiyot muassasalari xodimlari lavozim maoshiga mehnatga haq to‘lashni eng kam miqdorining yetti baravariga teng miqdorda har oylik qo‘shimcha ustama; falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan mutaxassislarga davlat tibbiyot muassasalarida lavozim maoshiga mehnatga haq to‘lashni eng kam miqdorining o‘n besh baravariga teng miqdorda har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

Yangiliklar lentasi
0