O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan yana bir bemor vafot etdi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishPatsiyent pered operatsiyey v operatsionnoy v gorodskoy klinicheskoy bolnitse №3 g. Tambova.
Patsiyent pered operatsiyey v operatsionnoy v gorodskoy klinicheskoy bolnitse №3 g. Tambova. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan yana bir bemor o‘pka va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

TOShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor o‘pka va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Sh. shu yilning 30-mart kuni tez tibbiy yordam orqali og‘ir ahvolda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga barcha zarur muolajalar ko‘rsatilgan.

Proizvodstvo dezinfitsiruyushego sredstva v Pxenyane - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19: O‘zbekistonda 534taga yetdi, AQShda rekord darajada o‘lim qayd etildi

Shu yilning 31- mart kuni bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida respublika Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasiga o‘tkazilgan. Zudlik bilan amalga oshirilgan laborator tahlil natijasi unda koronavirus infeksiyasi borligini tasdiqlagan.

40 yoshli bemor ushbu klinikaning reanimatsiya bo‘limida sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan. Davolash standartlariga muvofiq, virusga qarshi, antibakterial, infuzion, mukolitik, simptomatik va respirator terapiya muolajalari ham olib borilgan.

Biroq qator soha mutaxassislarining o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan kecha oqshom bemorning ahvoli keskin yomonlashgan. Berilgan tavsiyalarni to‘liq bajarilishiga qaramasdan bemor Sh.da yurak va o‘pka yetishmovchiligi sabab yurak faoliyati to‘xtashi kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 534 nafarga yetgan. Mamlakatda 30 nafar bemor sog‘aygan. Ushbu holat bilan koronavirusdan vafot etganlar uch kishini tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0