09:34 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
135310

Davlat boshqaruv organlari, vazirliklar, kuch ishlatar tizimlari, aloqa va va pochta hamda tibbiy, epidemiologik tashkilotlarning xizmat avtomobillariga maxsus ruxsatnoma olmasdan harakatlanishga ruxsat berildi.

TOSHKENT, 9 apr - Sputnik. Harakatlanganda ruxsatnoma talab etilmaydigan avtotransport vositalari roʻyxati va shaxsiy transportdan qanday hollarda ruxsatnoma-stiker talaba qilinmasligi maʼlum boʻldi. 

Huquqiy axborot telegram kanalida eʼlon qilingan roʻyxatda quyidagi holatlarda ruxsatnoma talab qilinmasligi aytib oʻtilgan:

  • Davlat va xususiy tibbiy sanitariya va epidemiologik xizmatlar koʻrsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarning shaxsiy avtomobillari;
  • Homiladorlik, tugʻruq, tan jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini koʻrsatish, jarrohlik amaliyoti zarur boʻlganda, inson hayotiga xavf tugʻdirayotgan boshqa holatlar bilan bogʻliq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari;
  • Litsenziyaga ega boʻlgan taksi avtomobillari yetkazib berish xizmati koʻrsatish va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy muolaja kerak boʻlgan bemorlarni olib borayotgan vaqtida;
  • Kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning maxsus avtomobillari;
  • DXX, IIV, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy  kurash departamenti xodimlarining shaxsiy avtomobillari;
  • Prezident administratsiyasi, Oliy majlis palatalari, Vazirldar Mahkamasi, Milliy gvardiya, Davlat Bojxona qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi, FVV, Sud va prokuratura organlarining xizmat avtomobillari;
  • “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Uzbekistan Airways, Uzbekistan Airports va Uzaeronavigatsiya agentligining xizmat avtomobillari;
  • Hisob palatasi, biznes-ombudsmen, Ombudsmen, Inson huquqlari milliy markazi, Savdo-sanoat palatasi rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari xizmat avtomobillari;
  • Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, agentliklar va boshqa davlat xoʻjalik boshqaruv organlarining birinchi rahbarlari;
  • Oʻzbekiston teleradiokompaniyasi va Milliy axborot agentligining xizmat avtomobillari;
  • “Respublika inkassatsiya xizmati” DUK avtomobillari;
  • Xorijiy davlat vakolatxonalarining CMD, D, UN, M, X davlat belgili avtomobillari;
  • Aloqa xizmati koʻrsatuvchi tashkilotlar, Oʻzbekiston pochtasi, Oʻzbektelekom, Oʻzinfokomga tegishli xizmat avtotransport vositalari;
  • N1, N2, N3 toifaga kiruvchi avtotransport va qishloq xoʻjalik texnikalari;
  • “Toshshahartransxizmat” avtobus saroyining M2 va M3 toifadagi transport vositalari;
  • Dafn marosimida xizmat koʻrsatuvchi maxsus avtomobillar;

Shuningdek, mavsumiy qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 toifadagi shaxsiy transport vositalari ham 1 nafar yoʻlovchi bilan harakatlanishiga ruxsat berilgan.  

 

Asosiy mavzular