Dunyo musulmonlari 10-aprel kuni koronavirusga qarshi ommaviy duo o‘qiydilar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnichniy namaz po sluchayu Kurban-xayita v mecheti Tashkenta
Prazdnichniy namaz po sluchayu Kurban-xayita v mecheti Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ertaga, muborak juma kuni butun dunyodagi turli millatga mansub musulmonlar Allohdan yordam va rahm so‘rab, ibodat qiladilar

TOShKENT, 9 apr - Sputnik. Qozog‘iston muftiyati 10-aprel kuni turli davlatlardagi musulmonlarni insoniyatni koronavirus pandemiyasidan xalos etishni so‘rab, umumiy ibodatni amalga oshirishga chaqirmoqda.

Makkada O‘zbekistondan kasallik ko‘tarilishini so‘rab, duo qilindi

Bu haqda Tatariston musulmonlar diniy boshqarmasi saytida xabar berilgan.

"Qardosh xalqning ma’naviy yetakchisi islom olamining barcha diniy arboblari, madrasa domlalari, Qur’on o‘qiydiganlar va butun musulmon ummasini "Biz - birgamiz, bizning duodagi maqsadimiz yagona" shiori ostida bir vaqtning o‘zida barcha insonlar haqiga duo qilishga da’vat qildi", - deb yozib qoldirgan Tatariston muftiysi Komil hazrat Samigullin, shuningdek, u o‘zi ham ushbu aksiyaga qo‘shilayotganini ta’kidlagan.

Umumiy ibodat kelayotgan muborak juma kuni, 10-aprelda, peshin namozidan so‘ng o‘qiladi.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin dunyoning turli mamlakatlarida koronavirus tufayli juma namozlari bekor qilingan edi.

Xususan, O‘zbekiston muftiysi Usmonxon Alimov respublikada epidemiologik holat barqarorlashmaguniga qadar juma namozini uyda o‘qishga ruxsat bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasidan bemorlanganlar soni 555 kishiga yetdi, 3 kishi vafot etdi, 30 kishi sog‘ayib, reabilitatsiyaga yuborildi.

Yangiliklar lentasi
0