Koronavirus yuqtirganlar soni 624 kishiga yetdi

© Press-slujba Minzdrava UzbekistanaV Uzbekistane vizdoroveli yeshe patero zabolevshix koronavirusom
V Uzbekistane vizdoroveli yeshe patero zabolevshix koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun 10-aprel holatiga O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 42 kishiga ortib 624 tani tashkil qildi.

TOShKENT, 10 apr - Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 624 kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda sog‘liqni saqlash vazirligi. 

"2020 yil 10-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 624 nafarni tashkil qilmoqda", - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, butun dunyoda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 1,5 million kishidan oshdi, 88 mingga yaqin inson pandemiya qurboniga aylangan, 332 mingdan ziyodi sog‘aygan.

O‘zbekistonda kasallikdan tuzalganlar soni 38 kishini tashkil etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0