"O‘zbekkino" koronavirusga qarshi kurash haqida film suratga olishni boshladi

© Press-slujbaV Uzbekistane snimut dokumentalniy film o koronaviruse
V Uzbekistane snimut dokumentalniy film o koronaviruse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekkino" tomonidan suratga olinayotgani hujjatli filmda COVID-19ga qarshi kurash choralari, shifokorlar va bemorlar haqidagi lavhalar aks etadi.

TOShKENT, 10 apr - Sputnik. “O‘zbekkino” Milliy agentligi O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan film suratga olishni boshladi. 

Film kinoxronika ko‘rinishida bo‘lib, unda virusning O‘zbekistonda tarqalishi, shuningdek COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda hukumat tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar aks ettiriladi. Unda koronavirus bilan kasallanganlar uchun qurilayotgan shifoxonalar haqida lavhalar, hukumat a’zolari, tibbiyot xodimlari, ekspertlar, huquq-tartibot idoralari vakillari hamda tuzalib chiqqan bemorlarning intervyulariga keng o‘rin beriladi, - deyilgan xabarda.

Milliy agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov aytishiga qaraganda "O‘zbekkino" ushbu mudhish pandemiyaga qarshi qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni ko‘rsatib beruvchi videmateriallar bazasini ham yaratadi. Ana shu baza tufayli kelgusida tadqiqotchilar va ekspetlar COVID-19ga qarshi kurashda O‘zbekiston tajribasini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi. 

Yangiliklar lentasi
0