"Bu juda jiddiy": virusolog koronavirusni davolashning yangi usuli haqida

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishPatsiyent vo vremya protseduri ochistki krovi na apparate "Iskusstvennaya pochka"
Patsiyent vo vremya protseduri ochistki krovi na apparate Iskusstvennaya pochka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avstraliyalik olimlar yangi turdagi koronavirus qo‘zg‘atuvchisiga ta’sir ko‘rsata olgan preparat haqida ma’lum qildilar. Shifokorlarga umid bergan dori vositasi parazitlarga qarshi ivermektin ekanligi aytilmoqda. Virolog Aleksandr Butenko Sputnik radiosida bunga sharh berdi

Parazitlarga qarshi dori vositasi hisoblangan ivermektin - antivirus ta’sirga ega va 48 soat ichida hujayralarda SARS-CoV-2 ko‘payishini bostirishga qodir, deya ta’kidlamoqda Avstraliyaning Monash universiteti va Melburn shahridagi Qirollik shifoxonasi olimlari. Xulosalar Antiviral Research nashrida e’lon qilingan.

Puteshestvenniki v ocheredi vozle jeleznodorojnoy stansii Xankou, Kitay - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus yarim milliard odamni qashshoqqa aylantirishi mumkin

Tadqiqotchilar infeksiyaga chalingan kishiga u zararlangandan so‘ng ikki soat o‘tgach, ivermektin preparatini qo‘lladilar va virus bilan zararlangan hujayralardagi dori ta’sirini tahlil qildilar. Ma’lum bo‘lishicha, preparatning bitta dozasidan so‘ng 24 soat o‘tgach, virusli RNK miqdori hujayralarda 93%ga, ikki kundan keyin esa 99%ga kamaygan. Shu bilan birga, tajriba davomida ivermektin namunalarga zaharli ta’sir ko‘rsatmagan.

N.F. Gamaleya nomidagi RF SSV Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi professori, kafedra mudiri Aleksandr Butenko Sputnik radiosi efirida ushbu kashfiyotning ahamiyatini baholadi.

Onaizor koronavirusdan vafot etgan o‘g‘lining so‘nggi so‘zlari bilan bo‘lishdi >>>

"Agar bir sutkadan keyin virus yuki sezilarli darajada kamayib, 48 soatdan keyin yanada ko‘prok pasaygan bo‘lsa, bu juda jiddiy. To‘g‘ri, tanadagi viruslarni aniqlashning spetsifik usullari nazorati ostidami yoki yo‘q, tekshirish kerak. Shuningdek, klinik kuzatuvlar (kerak)... Hozircha bularning barchasi hujayralarda, hayvonlar yoki odamlarning tanasidan tashqarida kuzatilgan va ba’zida bu bemorlarga qo‘llanilganda, terapevtik ta’sir bermaydi", - dedi Aleksandr Butenko.

U shuningdek, tajriba vaqtida, preparat namunalarga zaharli ta’sir ko‘rsatmaganiga alohida e’tibor qaratdi.

 Meditsinskie rabotniki v mejdunarodnom aeroportu Uxan-Tanxe, Kitay  - Sputnik O‘zbekiston
Oxiri yo‘q: sog‘ayganlarda koronavirus qayta paydo bo‘lmoqda

"Demak, bu sitotoksik emas, ya’ni hujayralar undan haloq bo‘lmaydi. Bu dalda beruvchi ma’lumot, demak, davolash maqsadida odamlarda qo‘llash uchun salohiyatli ekanligini anglatadi. Endi biz uning qanchalik samarador ekanligini tushunishimiz kerak, klinik tadqiqotlar kerak. Ba’zida shunday bo‘ladiki, hujayralarda yaxshi natija ko‘rsatgani bilan bemorlarni davolashda ba’zi sabablarga ko‘ra, natija bermaydi", - deya ogohlantiradi Aleksandr Butenko.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni o‘tgan yil dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan SARS-CoV-2 virusi (COVID-19 qo‘zg‘atuvchisi) tarqalishini pandemiya, deb e’lon qildi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘yicha 1,3 milliondan ortiq odam koronavirusga chalingan.

Yangiliklar lentasi
0