13:11 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
101602

Koronavirus oddiy gripp kabi mavsumiy kasallika aylanishi uchun Yer sharining 50-60 % aholisida unga qarshi immunitet paydo boʻlishi kerak.

TOSHKENT, 10 apr – Sputnik. COVID-19 – oddiy grippga oʻxshagan mavsumiy kasallikka aylanadi, deb ishonch bildirdi Rossiyaning viruslarni oʻrganish  boʻyicha eng nufuzli laboratoriyasi “Vektor” virusologiya va biotexnologiyalar markazi direktori Rinat Maksyutov.

Maksyutov aytishiga qaraganda, koronavirusni yengish uchun insoniyatning aksariyatida (Yer shari aholisining 50-60 %) unga qarshi immunitet vujudga kelishi kerak. Oʻshanda COVID-19 hal yili boʻladigan mavsumiy gripp epidemiyasiga oʻxshash kechadi.  

Koronavirusga qarshi immunitet paydo boʻlishi uchun odam ushbu kasallik bilan kasallanib uni yengishi yoki ushbu virusga qarshi emlanishi kerak, lekin vaktsina tayyor boʻlishiga hali erta. Yangi vaktsina 2020 yil davomida ishlab chiqarilgan taqdirda ham, dastlab uni hayvonlarda sinovdan oʻtkazish kerak, keyin ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish kerak, deydi Maksyutov.   

Kasallikni oʻz kuchi bilan yenggan kishilar qonida 2 hafta ichida ushbu virusga qarshi kurashuvchi antitelalar paydo boʻladi va bir necha oy yoki yillar davomida odam organizmida saqlanib qoladi. Rossiyada ushbu antitelalarni aniqlovchi testlar ishlab chiqarish boshlangan. Dushanba kuni 20 mingdan iborat birinchi partiya turli hududlarga yuboriladi, deydi “Vektor” markazi direktori.

Eslatib oʻtamiz, “Vektor” markazi tomonidan bugungi kunda koronavirusni 2 soat ichida aniqlaydigan test-sistemalar ishlab chiqarilgan. Shuningdek koronavirusga qarshi vaktsinalar sinovining birinchi bosqichi 22 iyunda tugatilishi eʼlon qilingan.

Mavzu boʻyicha

COVID-19 umumjahon pandemiyasi

Asosiy mavzular