13:17 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
267 0 0

Bundan buyon Sberbank oʻz daromadini xalq bilan boʻlishadi - Rossiya hukumati bank aktsiyalarining 50 %ini sotib oldi.

TOSHKENT, 10 apr — Sputnik. Rossiya hukumati Markaziy bankdan Sberbank aktsiyalarinining 50 %ini sotib oldi deb xabar qilmoqda moliya vazirligi.  

Umumiy qiymati 2,139 trillion rubl boʻlgan aktsiyalar uchun toʻlov Rossiya Milliy Faravonlik fondi hisobidan amalga oshirilgan. Hukumat tomonidan aktsiyalar sotib olinishi eʼlon qilinganidan soʻng Sberbank qimmatli qogʻozlari narxi 20%ga, bitimning umumiy qiymati 300 mlrd. rublga kamaygan. 

Moliya vaziri Vladimir Kolыchev aytishiga qaraganda, bunday kamayish soliq toʻlovchilar mablagʻlarini tejashga imkon bergan. Sberbank bosh direktori German Gref ushbu bitimni "muhim qadam" deb atadi va "bundan buyon Sberbank daromadi butun Rossiya xalqiga tegishli boʻladi" dedi. 

Eslatib oʻtamiz, Sberbank Rossiyaning eng yirik banki boʻlib, uning aktsiyalarining nazorat paketi oldin ham davlatga tegishli boʻlgan. Vladimir Putin Sberbank aktsiyalarini sotib olish haqidagi qonunga mart oyida imzo chekkan edi. Ushbu bitimning maqsadi Rossiyaning eng keng tarmoqli banki boshqaruvida Hukumat oʻrnini saqlab qolish, bu borada Markaziy bank bilan kelib chiqishi mumkin boʻlgan "manfaatlar raqobatini" oldini olishga qaratilgan. 

Asosiy mavzular