Muhim maktub: Tanzila Narbayeva Matviyenkodan o‘zbekistonliklarga amaliy yordam berishni so‘radi

Obuna bo‘lish
8 aprel kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoga maktub yo‘lladi.

TOShKENT, 10 apr — Sputnik. 8 aprel kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenkoga maktub yo‘lladi

Vernuvshiyesya iz Latvii i Irana uzbekistansi otpravilis domoy posle karantina - Sputnik O‘zbekiston
"Pul yo‘q": patent to‘lovini vaqtincha bekor qilish bo‘yicha hukumatga murojaat yo‘llandi

Maktubda Rossiya xalqiga epidemiyani tez orada yengib o‘tishiga chin dildan tilak bildirib, global koronavirus pandemiyasi sharoitida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shu jumladan, parlamentlararo muloqotni qo‘llab-quvvatlash alohida ahamiyat kasb etishi qayd etilgan. 

O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasi hukumatining fuqarolarning Rossiyada bo‘lib turishi uchun ruxsat etilgan muddatni uzaytirish hamda mamlakat tashqarisiga chiqish zaruratisiz mehnat faoliyatini davom ettirish uchun yangi patentlar olish shartlarini yengillashtirish bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatlagan.

Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining yuqorida qayd etilgan muammolariga ham e’tibor qaratilib, ularni tezkorlik bilan hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

Yangiliklar lentasi
0