02:35 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Jamiyat
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (49)
480 0 0

Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya mutaxassislari yangi koronavirusga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi.

TOSHKENT, 14 apr — Sputnik. Toshkent London bilan COVID-19ni tuzalganlar qoni bilan davolashdagi tadqiqoti bilan boʻlishdi. Bu britaniyalik shifokorlarda katta qiziqish uygʻotdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekistonning London shahridagi elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston va Buyuk Britaniya tibbiyot xodimlari oʻrtasida videokonferentsiya tashkil etildi. unda COVID-19 yangi koronavirusi infektsiyasining oldini olish va davolash boʻyicha oʻzaro tajriba almashildi.

“Reanimatsiya boʻlinmalarida ogʻir ahvolda yotgan bemorlarni davolashning yangicha uslubiga alohida eʼtibor qaratildi. Britaniyalik mutaxassislarda oʻzbekistonlik hamkasblarining bemorlarni kasaldan tuzalgan kishilarning qon plazmasi orqali davolash boʻyicha ilmiy tadqiqotlari va mamlakat shifoxonalarida ushbu uslubni keng joriy qilish borasidagi rejalari katta qiziqish uygʻotdi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, mazkur muloqot foydali boʻlgan va yangi koronavirus, uni davolash usullari toʻgʻrisidagi bilimlarni boyitish imkonini berdgan.

Tomonlar kelgusida ham aloqada boʻlish va doimiy asosda shu kabi tadbirlarni oʻtkazib turishga kelishib olishdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi tez kunlarda mutlaqo yangicha usul — koronavirusdan sogʻaygan insonlarning qon zardobini xastaligi ogʻir kechayotgan bemorlarga quyish amaliyoti joriy etilishini maʼlum qilgan edi.

Koronavirus infektsiyasidan tuzalgan insonlardan zardob olishdan oldin, bir nechta infektsiyalarga tekshiriladi, tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (49)

Asosiy mavzular