Uyquga yotishdan oldin yeyish foydali bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlar

© Pixabay / RitaESalat
Salat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parhezshunos-shifokor Yelena Kalen uyqudan oldin foydali oziq-ovqat mahsulotlarini aytdi. Uning fikriga ko‘ra, ozishni xohlayotgan odamlar och qoringa uxlash shart emas.

TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Parhezshunos-shifokor Yelena Kalen uyqudan oldin foydali oziq-ovqat mahsulotlarini aytdi.

Plastikovaya posuda - Sputnik O‘zbekiston
Parhezshunos karantin vaqtida qanday oziqlanish haqida gapirdi

Shifokorning fikriga ko‘ra, ozishni xohlayotgan odamlar och qoringa uxlashi shart emas.

“Asosiy maslahat: kechki ovqat juda ko‘p bo‘lmasligi kerak, aks holda uxlash va ertalab uyg‘onish qiyin bo‘ladi. Yotishdan uch-to‘rt soat oldin ovqatlanish tavsiya etiladi. Oziq-ovqat miqdori bilan haddan oshib ketmaslik uchun, kechqurun faqat kichik tarelkadan ovqatlanishni odat qiling. Bu ozroq ovqatlanishga yordam beradigan psixologik hiyla”, – deydi parhezshunos.

 Yengil taom sifatida yangi yoki pishirilgan sabzavotlar tavsiya etiladi.

“Tarkibida selderey, pomidor, bodring va karam bo‘lgan yengil salat ochlikni qondirishga yordam beradi va bu "figura"ga zarar qilmaydi. Sabzavotlar 30-40 daqiqada hazm bo‘ladi, oshqozonda og‘irlik paydo bo‘ladi”, - deydi Kalen.

Sut mahsutlardan kefir, yog‘siz tvorog va rajenka. Ularning tarkibida oqsil va kalsiy bor, tez hazm bo‘ladi, shuningdek oshqozon-ichak traktining ishlashiga foydali ta’sir ko‘rsatadi.

Zavtrak - Sputnik O‘zbekiston
Parhezshunos to‘g‘ri nonushta sirini oshkor qildi

Bundan tashqari yog‘siz baliq ham tavsiya etiladi. Organizm dengiz mahsulotlarini mol go‘shtidan ko‘ra tezroq hazm qiladi. Baliqni hazm qilish uchun o‘rtacha 45 daqiqa kerak.

"Ko‘pincha bir stakan kefir ochlikni qondirish uchun yetarli bo‘lmaydi. Ayniqsa kun bo‘yi harakatda o‘tganda va tanani tiklanish uchun kuch talab etadi, shunda tovuq yoki kurkadan sendvich qilish mumkin. Parranda tarkibida juda ko‘p protein va vitamin mavjud.

Kam yog‘li pishloq, motsarella ham yaxshi tanlov. Uning tarkibida kazein mavjud, u ochlikni tezda qondiradi, shuningdek metabolik jarayonlarning tezligiga ta’sir qiladi", - deb ta’kidladi parhezshunos.

Yangiliklar lentasi
0