O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik universiteti tashkil etildi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishStudenti na leksii v vuze
Studenti na leksii v vuze - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Universitet “TEAM University” MChJ muassisligidagi ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Hukumat qarori bilan TEAM universiteti tashkil etildi. Qarorga muvofiq, uning asosiy vazifalari belgilandi.

Tadbirkorlik va boshqaruv, shuningdek boshqa sohalarda yuqori malakali oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash universitetning vazifalaridan biridir.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tashkil etildi

Universitet “TEAM University” MChJ muassisligidagi ustav fondida davlat ulushi bo‘lmagan nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi.

Universitetda o‘quv-metodik rahbarlik va ta’lim jarayonining olib borilishi tuziladigan bitimlar asosida yetakchi xorijiy OTMlar bilan birgalikda ta’minlanadi.

Universitetda ta’lim jarayoni ingliz, o‘zbek va boshqa tillarda tashkil etiladi, ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Bitiruvchilarga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etilgan belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Universitetda ta’lim olish to‘lov-kontrakt asosida, shuningdek yuridik shaxslar – potensial ish beruvchilar taqdim etadigan ta’lim grantlari, homiylik xayriyalari va boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0